O'zbek Ўзбекча
Jerrard orzular jamoasini tuzdi
Yakshanba, 19 Aprel
12679

«Reynjers» klubi bosh murabbiyi Stiven Jerrard «Liverpul»dagi sobiq sherigi Jeymi Karrager boshlab bergan chellenj doirasida o‘zining orzular terma jamoasini tuzdi.

Chellenjning sharti shu ediki, bir klubdan yoki bir mamlakatdan bittadan ortiq o‘yinchini olish taqiqlangan.

Angliyalik sobiq futbolchi 4-2-3-1 sxemasidan foydalandi.

Darvozabon: Yan Oblak («Atletiko», Sloveniya);
Himoyachilar: Kafu («Milan» sobiq a’zosi, Braziliya), Vensan Kompani («Manchester Siti» sobiq a’zosi, Belgiya), Kalidu Kulibali («Napoli», Senegal), Endryu Robertson («Liverpul», Shotlandiya);
Yarimhimoyachilar: Toni Kroos («Real», Germaniya), Roy Kin («Manchester Yunayted» sobiq a’zosi, Irlandiya);
Hujumchilar: Lionel Messi («Barselona», Argentina), Alessandro Del Pero («Yuventus» sobiq a’zosi, Italiya), Kilian Mbappe («PSJ», Fransiya), Dide Drogba («Chelsi» sobiq a’zosi, Kot-d'Ivuar).

Teglar

O'xshash yangiliklar