O'zbek Ўзбекча
Peru klubi koronavirus tufayli futbolchi va xodimlarini ishdan bo‘shatdi
Dushanba, 13 Aprel
1603

Peruning ikkinchi divizionida o‘ynaydigan «Deportivo Koopsol» klubi koronavirus pandemiyasi tufayli barcha xodimlari va futbolchilarini ishdan bo‘shatishga qaror qildi, deb xabar beradi Toque Sports.

Klub bu qarorni 12 aprel kuni e’lon qildi. Bunga sabab sifatida futbol to‘xtatilgani tufayli o‘yinchilarga vaqtida maosh to‘lash imkoniyat yo‘qligi aytildi. Chempionat tiklangach, klub futbolchilar bilan yangi shartnomalar tuzish imkoniyatini ko‘rib chiqadi.

Peru ikkinchi divizioni 2 maydan boshlanishi kerak edi. Ammo mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi COVID-19ga vaksina topilmaguncha chempionat o‘yinlari o‘tkazilmasligini e’lon qildi.

Ma’lumot uchun, hozirgacha Peruda koronavirus bilan kasallanganlar soni 7 mingga yaqinlashdi, 181 kishi esa vafot etdi.

Teglar

O'xshash yangiliklar