O'zbek Ўзбекча
Roberto Karlos faoliyatidagi eng muhim murabbiy kimligini aytdi
Shanba, 11 Aprel
9391

Braziliya milliy jamoasining sobiq himoyachisi Roberto Karlos faoliyatidagi eng muhim murabbiyni aytdi.

«Roy Hojson «Inter»dan ketishimga sababchi edi. U meni yarimhimoyada o‘ynashga majbur qildi. 

O‘shanda Yevropa futboli haqida kam ma’lumotga ega edim. Moratti bilan gaplashdim va meni qo‘yib yuborishini so‘radim.

Kapello rahbarligidagi «Real»ga o‘tdim. U – mening faoliyatimdagi eng muhim murabbiy», – deb Karlosning so‘zlarini keltiradi Football Italia.

Ma’lumot uchun, braziliyalik afsona «Inter»da faqat bir mavsum o‘ynagan, so‘ng 1996 yili «Real»ga o‘tgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar