O'zbek Ўзбекча
Krespo: «Lautaro Martines yangi Agueroga aylanishi mumkin»
Shanba, 11 Aprel
1931

Argentina milliy jamoasining sobiq hujumchisi Ernan Krespo «Inter»dagi hamyurti Lautaro Martines haqida gapirdi.

«Biz allaqachon Mauro Ikardi va Paulo Dibala haqida bilardik. Lautaro Martinesning nimalarga qodirligini endi bilyapmiz. 

Lautaro yangi Serxio Agueroga aylanishi mumki. Unda Agueronikidek tezkor dribling yo‘q, ammo u – Kundan ko‘ra jamoaviy o‘yinchi. U maydondagi o‘rnini tez-tez o‘zgartirib, raqiblarni chalg‘itadi.

Lautaro doim harakatda, shuning uchun u markaziy hujumchi rolida ham yoki Romelu Lukaku singari forvard bilan sheriklikda ham o‘ynay oladi. Hatto u 3 kishilik hujum chizig‘ida ham o‘zini ko‘rsatishi mumkin. Menga uning maydondagi fikrlashi yoqadi»,  – deb Kresponing so‘zlarini keltiradi Goal.

Teglar

O'xshash yangiliklar