O'zbek Ўзбекча
UFC 249 turniri koronavirus tufayli bekor qilindi
Juma, 10 Aprel
5275

18 aprel kuni bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan UFC 249 turniri koronavirus pandemiyasi tufayli bekor qilindi, deb xabar beradi ESPN.

Promoushen turnir uchun joy topganiga qaramay, tadbir bekor qilindi. Bu haqda tashkilot prezidenti Dana Uayt aytib o‘tdi.

«Musobaqani o‘tkazishga tayyor edik, ammo bizga yuqoridan qo‘ng‘iroq bo‘ldi. Turnirni to‘xtatishimiz kerakligini aytishdi», –deydi Uayt.

Eslatib o‘tamiz, UFC 249 turnirining markaziy jangida Toni Fergyuson va Jastin Getji bellashishi kerak edi. Getji chegaralar yopilgani uchun Rossiyada qolgan Habib Nurmagomedov o‘rnini egallagandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar