O'zbek Ўзбекча
Transfermarkt futbolchilarning yangi narxlarini ma’lum qildi – Messi va Ronaldu yuqori o‘rinlarda emas  
Payshanba, 09 Aprel
19328

Transfermarkt koronavirus pandemiyasi tufayli futbolchilarning taxminiy narxlarini belgiladi.

Barcha o‘yinchilarning narxlari 20 foizga tushirilgan. Faqat 1998 yilda va undan keyin tug‘ilgan kichik yoshdagi futbolchilar uchun istisno mavjud – ularning qiymati 10 foizga tushdi.

«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe dunyodagi eng qimmat o‘yinchi bo‘lib turibdi. Portal uni 180 mln yevroga baholamoqda.

«Manchester Siti» vingeri Rahim Sterling va Mbappening jamoadoshi Neymar keyingi pog‘onalarni bo‘lishib turishibdi – har ikkalasi 128 mln yevro.

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi reytingda 9-o‘rinni egallab turibdi. U 112 mlnga baholanmoqda. «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu esa 46-o‘rinda joylashgan, uning narxi 60 mln yevroni tashkil qilmoqda.

1. Kilian Mbappe («PSJ») – 180 mln yevro
2-3. Rahim Sterling («Manchester Siti») – 128 mln yevro
2-3. Neymar («PSJ») – 128 mln yevro
4-7. Sadio Mane («Liverpul») – 120 mln yevro
4-7. Muhammad Saloh («Liverpul») – 120 mln yevro
4-7. Harri Keyn («Tottenhem») – 120 mln yevro
4-7. Kevin de Bryuyne («Manchester Siti») – 120 mln yevro
8. Jeydon Sancho («Borussiya» Dortmund) – 117 mln yevro
9. Lionel Messi («Barselona») – 112 mln yevro
10. Trent Aleksander-Arnold («Liverpul») – 99 mln yevro
...

46. Krishtianu Ronaldu («Yuventus») – 60 mln yevro.

Teglar

O'xshash yangiliklar