O'zbek Ўзбекча
Krespo: «Hech kim o‘zini Messining o‘rniga qo‘ya olmaydi»
Payshanba, 09 Aprel
4011

Argentina milliy jamoasining sobiq hujumchisi Ernan Krespo «Barselona» forvardi Lionel Messi haqida gapirdi.

«Messi bo‘lish juda qiyin. Hech kim o‘zini Maradona va Messining o‘rniga qo‘ya olmaydi. Ularning o‘ylashlariyu yashashlarini tushunish imkonsiz.

Leo ko‘p yillar davomida yuqori darajada o‘ynadi. U oyoqqa turib, o‘rnidan turadi va o‘ynashni davom ettiradi. Har doim astoydil harakat qiladi. 

U shunchaki futbol o‘yinchisi yoki sportchidan ko‘ra ortiqroq.  U – professional, jiddiy, halol, namunali kishi. Menimcha, Messi buyuk futbolchilardan ham yuqoriroq», – deb Kresponing so‘zlarini keltiradi Ole.

Teglar

O'xshash yangiliklar