O'zbek Ўзбекча
Rivaldo: «Gvardiola bilan taqqoslashlar tufayli Xaviga «Barselona»da oson bo‘lmaydi»
Shanba, 04 Aprel
3796

«Barselona»ning sobiq yarimhimoyachisi Rivaldo «Al-Sadd» bosh murabbiyi Xavining Kataloniya klubiga bosh murabbiy etib tayinlanishi ehtimoli haqida gapirdi.

«Kelajakda Xavi «Barselona» bosh murabbiyi bo‘lishiga ishonaman. Chunki u nafaqat klubni ichki tomondan biladi, balki yaxshi murabbiylik mahoratiga ham ega.

Qachondir u «Barselona»ni boshqarish vaqti kelganini tushunadi va jamoani o‘zi o‘ynagan oltin avlodga yaqinlashtirishga harakat qiladi.

U futbolchiligida Gvardiola singari professional kareraga ega va o‘yin uslubi ham o‘xshash edi. Xavi o‘zi maestro bo‘lgan tizimdan nusxa olishi mumkin. Muxlislar shuni kutishadi va bu bosim yuklaydi. Albatta, aynan Gvardiola jamoasiga o‘xshash klubni tiklash oson bo‘lmaydi. Chunki tizim mukammal ishlashi uchun kerakli vaqtda muhim o‘yinchilar bo‘lishi zarur.

Ko‘p narsa Xavi «Barselona»ni boshqaradigan paytdagi mavjud tarkibga bog‘liq bo‘ladi. Jamoani kuchaytirish uchun unga Gvardiola uslubiga mos keladigan 2-3ta asosiy o‘yinchilar kerak bo‘ladi», – deb Rivaldoning so‘zlarini keltiradi BetFair.

Teglar

O'xshash yangiliklar