O'zbek Ўзбекча
«Istiqlol» Tojikiston Superkubogini qo‘lga kiritdi
Shanba, 04 Aprel
3396

Tojikistonda yangi futbol mavsumi Superkubok bahsi bilan boshlandi.

Dushanba shahrida mahalliy «Istiqlol» Xo‘jandning «Xo‘jand» klubini qabul qildi. O‘yinda poytaxtliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Qayd qilish joizki, «Xo‘jand» tarkibida 4 nafar o‘zbekistonlik maydonga tushdi: Ma’mur Ikromov, Sanjar Rixsiboyev, Siroj Hamroyev va Andrey Sidorov.

Bu natijadan so‘ng, «Istiqlol» tarixda 9-marta nufuzli sovrinni qo‘lga kiritdi.

Tojikiston Superkubogi 2010 yildan beri o‘tkaziladi. Unda «Istiqlol» (9 marta, 2010-2012, 2014-2016, 2018-2020), «Ravshan» (2013) va «Hosilot» (2017) klublari g‘alaba qozongan.

Tojikiston Superkubogi 2020
4 aprel 2020 yil 

Dushanba, Markaziy stadion
«Istiqlol» (Dushanba) – «Xo‘jand» (Xo‘jand) – 2:1 (0:1)
Gollar: Sanjar Rixsiboyev, 2 (0:1). Manuchehr Jalilov, 78 (1:1). Muhammadjon Rahimov, 80 (2:1). 
«Istiqlol»: Rustam Yatimov, Tabrezi Davlatmir, Zoir Jo‘raboyev, Aleksey Larin, Marko Milich, Iskandar Jalilov (Muhammadjon Rahimov, 58), Viktor Svejov, Ehsoni Panjshanbe, Alisher Jalilov (Rustam Soirov, 76), Sheriddin Boboyev (Voxit O‘rozsaxedov, 58), Manuchehr Jalilov. 
«Xo‘jand» (Xo‘jand): Ma’mur Ikromov, Manuchehr Safarov, Komron Mirzonajod, Baxtiyor Choriyev (Muhammadsharifi Saidxo‘ja, 76), Dilshod Bozorov, Oybek Abdug‘afforov, Xurshed Beknazarov, Siroj Hamroyev, Firdavs Chakalov (Alisher Barotov, 76), Sanjar Rixsiboyev (Fatxullo Fatxulloyev, 64), Abdulmumin Zabirov (Andrey Sidorov, 84). 
Ogohlantirishlar: Ehsoni Panjshanbe («Istiqlol»), Firdavs Chakalov, Rustam Xo‘jayev («Xo‘jand»).

Teglar

O'xshash yangiliklar