O'zbek Ўзбекча
FIFA Tokio-2021 Olimpiadasi uchun yosh chegarasini o‘zgartirdi 
Shanba, 04 Aprel
4536

FIFA yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi futbol musobaqalari uchun yosh cheklovini o‘zgartirdi. 

An’anaga ko‘ra, musobaqalarda 23 yoshdan kichik bo‘lgan futbolchilar qatanasha olardi. Endilikda esa ushbu qoidaga o‘zgartirish kiritilib, 24 yosh etib belgilandi. Shunday qilib, 2021 yilgi Olimpiya o‘yinlarida 1997 va undan keyingi yillarda tug‘ilgan futbolchilar qatnashishlari mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari, ishtirokchi jamoalarning har biri, 24 yoshdan katta bo‘lgan uch nafar o‘yinchini jalb qilishlari mumkin.

Ma’lumot uchun, Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiadaning futbol turida 16ta jamoa – Argentina, Braziliya, Fransiya, Germaniya, Ispaniya, Ruminiya, Yangi Zelandiya, Misr, Kot-d`Ivuar, Janubiy Afrika Respublikasi, Avstraliya, Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya, Yaponiya hamda saralashda aniqlanishi kerak bo‘lgan KONKAKAFning 2 jamoalari ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari koronavirus pandemiyasi tufayli 2021 yilga qoldirilgandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar