O'zbek Ўзбекча
Xavi «Barselona»ga zarur bo‘lgan uch futbolchini aytdi
Juma, 03 Aprel
19371

Karantin tufayli Qatardan Ispaniyaga qaytgan «Barselona» sobiq futbolchisi Xavi La Vanguadia nashriga bergan intervyusida hozirgi tarkibga qaysi futbolchilar zarurligini aytib o‘tdi.

«Barselona»ning hozirgi tarkibi kuchli futbolchilardan tashkil topgan, deb hisoblayman. Darvozabon jahonning eng yaxshilaridan biri, Xordi Albani dunyoning eng yaxshi chap qanot himoyachisi deb bilaman. Pike va Buskets ham o‘z nuqtasidagi eng yaxshilari orasida. Messi jahonda tengsiz, Suares esa goleador xujumchi. De Yong, Artur singari o‘yinchilar ham Kataloniyada yana 10 yil to‘p surishlari mumkin. Shunday ekan, klubda poydevor ancha mustahkam. «Barselona»ga Neymar, Jeydon Sancho va Serj Gnabri singari hujumkor qanot futbolchilari yetishmayapti. Menga qolsa jamoaga mana shunday kuchli vingerlarni qo‘shib olardim», - deydi Xavi.

Ma’lumot uchun, Valverde jamoani tark etishi ma’lum bo‘lgach «Barselona»ni aynan Xavi boshqarishi haqida xabarlar chiqqandi. Biroq Qatarning «As-Sadd» klubi bosh murabbiyi sifatida ishlayotgan Xavi taklifni rad etgach, Kataloniya klubi rahbariyati Kike Setenni bosh murabbiy sifatida tayinlgandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar