«Barselona» sobiq futbolchisi, hozirda Qatarning «As-Sadd» klubini boshqarayotgan Xavi Lionel Messi va «Barselona» futbolchilarining bayonotini izohladi.
«Chindanam ajoyib ishga qo‘l urdingiz. Tabriklayman! Odatdagidek hammaga o‘rnak bo‘ldingiz», - deya yozdi Xavi Messining instagramida fikr qoldirib.
Ma’lumot uchun, oldinroq Messi va Kataloniya klubi futbolchilari koronavirus pandemiyasi tufayli moliyaviy zarar ko‘rayotgan klublarini qo‘llab-quvvatlash uchun o‘z maoshlarining 70 foizga qisqartirilishi taklifi bilan chiqishdi.