O'zbek Ўзбекча
Luis Suares o‘z vatanida oziq-ovqat tarqatdi
Shanba, 28 Mart
2598

«Barselona» klubi hujumchisi Luis Suares o‘z vatani Urugvayda xayrli ishga qo‘l urdi, deya yozmoqda El Pais nashri.

«Urugvay milliy jamoasi a’zosi koronavirus pandemiyasi tufayli aziyat chekayotgan vatandoshlarini qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi. U Montevideoning eng xaroba tumanlaridan biri sanalmish Kasavalle aholisiga oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar va koronavirusdan himoyalanish uchun gigiyena vositalari joylangan 500ta qutini kam ta’minlangan oilalarga tarqatdi», - deyiladi manbada.

Ma’lumot uchun, «Barselona» futbolchilariga karantin e’lon qilingan. Futbolchilarga o‘z uylaridan chiqmaslik so‘ralgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar