O'zbek Ўзбекча
FIFA futbolchilardan maoshlarini 50 foizga tushirishni so‘raydi
Juma, 27 Mart
1604

FIFA rahbarlari Yevropa klublari assotsiatsiyasi (ECA) va Xalqaro professional futbolchilar assotsiatsiyasi (FIFPro) vakillar bilan videomuloqot o‘tkazdilar.

Tomonlar koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tufayli yuzga kelgan inqirozni bartaraf etish uchun kerakli bo‘lgan choralarni muhokama qilishdi.

Marca'ning xabariga ko‘ra, asosiy choralardan biri – futbolchilardan maoshlarini vaqtinchalik 50 foizga pasaytirishni so‘rash. Vaziyat normallashishi bilan esa shartnomalar avvalgi holatiga qaytadi.

Bundan tashqari FIFA, konfederatsiyalar, federatsiyalar, barcha futbolchilar, homiylar va televizion tarmoqlar mablag‘ kiritadigan jamg‘arma tashkil etish rejalashtirilgan. Fond futbolning hozirgi tuzilishini saqlab qolishga yordam beradi.

Teglar

O'xshash yangiliklar