O'zbek Ўзбекча
Ronaldino yana hibsga olindi
Shanba, 07 Mart
10971

Braziliya milliy jamoasining sobiq hujumchisi, «Oltin to‘p» sohibi Ronaldino Paragvayda ikkinchi marta hibsga olindi.

5 mart kuni u akasi Roberto bilan Paragvay chegarasini qalbaki pasport orqali kesib o‘tgani uchun hibsga olingan va bir necha soat davom etgan so‘roqdan keyin qo‘yib yuborilgandi. 

Reuters xabariga ko‘ra, 7 mart kuni sobiq futbolchi va uning akasi mamlakat prokurori talabi bilan takroran hibsga olingan. Endi u sud oldida javob berishi kerak.

Qayd qilish joizki, avvalroq Ronaldinoga 2,3 mln yevro qarzlar tufayli Braziliyani tark etish taqiqlangan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar