O'zbek Ўзбекча
Oksana Chusovitina «O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni bilan taqdirlandi
Shanba, 07 Mart
2597

8 mart bayrami munosabati bilan Prezidentimiz «Mamlakatimizda aziz va mo‘’tabar ayol zotiga munosib ehtirom ko‘rsatish, opa-singillarimizning davlat va jamiyat hayotida tutgan o‘rni va nufuzini oshirish, yurtimizning iqtisodiy qudrati va jahon miqyosidagi mavqeini yuksaltirish borasidagi ulkan xizmatlarini munosib qadrlash maqsadida hamda oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, aholi farovonligini ta’minlash, farzandlarimizni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash ishlariga qo‘shgan katta hissasi, yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi samarali mehnati bilan tashabbus va ibrat ko‘rsatib kelayotgani uchun bir guruh xotin-qizlar faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlanishi» to‘g‘risida Farmon imzoladi.

«Ular orasida sport sohasi vakilalarining ham borligi e’tiborga molik. Hususan, sport gimnastikasi bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Oksana Aleksandrovna Chusovitina – «O‘zbekiston iftixori», uning ustozi, Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining sport gimnastikasi bo‘yicha katta murabbiyi – Svetlana Mixaylovna Kuznetsova «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi» faxriy unvonlari bilan taqdirlanishdi» - deya xabar бермоқда MOQ matbuot xizmati.

Ma’lumot uchun, Oksana Chusovitina 7 karra olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi sanaladi.

Teglar

O'xshash yangiliklar