O'zbek Ўзбекча
Xavi: «Maqsadim – «Barselona»ni kelajakda boshqarish, hozir emas»
Seshanba, 03 Mart
1904

Qatarning «As-Sadd» klubi bosh murabbiyi Xavi kelajak rejalari haqida gapirib berdi.

«Qachongacha Qatarda ishlayman? Hozircha bilmayman. Yanvar oyida meni «Barselona»ga chaqirishdi, ammo hozir buning mavridi emas. Shu tufayli «As-Sadd»da qoldim. Qatarda ham ko‘p sovrinlarni qo‘lga kiritmoqchimiz.

Yozda «Barselona»ga o‘tamanmi? Bilmadim, ammo maqsadim – kelajakda «Barselona»ni boshqarish. Bu orzum, umid qilamanki u amalga oshadi. Yozdami, keyinchalikmi, bilmayman. Ammo bu ish meni qiziqtiradi», – dedi Xavi.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» yanvarda bosh murabbiy Ernesto Valverdeni iste’foga chiqarib, o‘rniga Kike Setenni tayinlagan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar