O'zbek Ўзбекча
Flik: «Tribunadagi ahmoqlarga qarshi birlashishimiz kerak»
Yakshanba, 01 Mart
5104

«Bavariya» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Germaniya Bundesligasining 24-turidan o‘rin olgan «Hoffenhaym»ga qarshi bahsdagi (6:0) myunxenlik muxlislarining xatti-harakatlariga munosabat bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘yin «Bavariya» muxlislarining mezbon jamoa ishqibozlari va prezidentiga nomiga nojo‘ya so‘zlar bilan yozilgan bannerlari tufayli 2 marta to‘xtatildi. Bahsning so‘nggi 10 daqiqasida esa jamoalar futbol o‘ynamay, shunchaki to‘pni bir-birlariga uzatishdi.

«Bugungi yuz bergan voqea uchun uzr so‘rayman. Bu – juda kuchli harakat. Bunday bo‘lmasligi kerak. Kurashish vaqti keldi. Tribunalardagi ahmoqlarga qarshi birlashishimiz kerak. 

Men tribunaga chiqmoqchi emasdim, ammo juda jahlim chiqdi. Bunday holatda jamoa maydonda qilgan barcha narsa, natija yo‘qoladi», – deb Flikning so‘zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.

Teglar

O'xshash yangiliklar