O'zbek Ўзбекча
RPL. «Rostov» Grozniyda ochko yo‘qotdi, Shomurodov 4 oydan so‘ng gol urdi
Shanba, 29 Fevral
4589

Rossiya chempionatida 20-tur o‘yinlari davom ettirildi. Yetakchilar qatorida borayotgan «Rostov» Grozniyda «Axmat» mehmoni bo‘lib 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Avvaliga Eldor Shomurodov hisobni ochgandi, ikkinchi bo‘lim boshida esa Roshi penaltidan gol urib «Axmat»ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Bu durangdan so‘ng «Rostov»ning ochkolari soni 35 taga yetdi va Karpin jamoasi 3-pog‘onaga joylashgan. Eldor Shomurodov bu bahsda RPL doirasidagi 4 oy ichida ilk golini urdi. U oxirgi marta 9 oktyabr kuni SSKA darvozasiga gol urgandi. Gollari sonini 11 taga yetkazib olgan Shomurodov to‘purarlar poygasida Artyom Dzyubaga yetib oldi.

Rossiya chempionati
20-tur

Axmat – Rostov 1:1
Gollar: Roshi (49, penalti) — Shomurodov (45).
Axmat: Gorodov, Nijich, Bogosovats, Semenov, Nenaxov, Xarin (Ismael, 73), Ravanelli (Ivanov, 46), Roshi, Berisha (Mbeng, 90), Glushakov, Ilin.
Rostov: Pesyakov, Osipenko, Xadjikadunich, Kozlov, Chernov, Yeremenko, Normann, Bayramyan, Zaynuddinov, Popov, Shomurodov.
Ogohlantirishlar: Zaynuddinov (13), Roshi (18), Normann (32), Xadjikadunich (46), Xarin (70), Ismael (82), Semenov (86), Berisha (90).

O'xshash yangiliklar