O'zbek Ўзбекча
Janubiy Koreya chempionati starti koronavirus tufayli qoldirildi
Dushanba, 24 Fevral
1906

29 fevral kuni start olishi kerak bo‘lgan Janubiy Koreya K ligasi 1-tur bahslari noma’lum muddatga qoldirildi, deya xabar bermoqda tvitterdagi «Korean Football» sahifasi.

Koreya futbol assotsiatsiyasi va mamlakat oliy divizioni sanalmish K liga rahbariyati Janubiy Koreyada tarqalayotgan koronavirus sababli chempionat o‘yinlarini vaqtinchalik bekor qilgan.

Ma’lumot uchun, Janubiy Koreyada bir kun ichida koronavirusdan 161 ta yangi kasallanish holati qayd etilib, umumiy kasallanganlar soni 763 nafarga yetdi, 7 nafar bemor vafot etgan. Virus jadal tarqalayotgani sababli Janubiy Koreya hukumati mamlakatda xavflilikning eng yuqori «qizil» darajasini joriy qilishga qaror qildi.

Eslatib o‘tamiz, dam olish kunlari o‘tishi lozim bo‘lgan Italiya A Seriyaning aksariyat o‘yinlari ham noma’lum muddatga qoldirilgandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar