O'zbek Ўзбекча
«Sipohon» - «An-Nasr» o‘yini Toshkentda o‘tkaziladi
Dushanba, 24 Fevral
5562

Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 3-turidan o‘rin olgan «Sipohon» (Eron) - «An-Nasr» (Saudiya Arabistoni) o‘yini Toshkentda o‘tkaziladi. 

OFK rasmiy ma’lumotida bellashuvning 3 mart kuni «Lokomotiv» stadionida bo‘lib o‘tishi belgilangan.
 
Eron va Saudiya Arabistoni klublarining boshqa o‘yinlari arab davlatlarida o‘tkaziladi. Xususan, «Persepolis» 2 mart kuni «At-Taavun»ni Dubayda, «Istiqlol» 5 may kuni «Al-Ahliy»ni Dubayda, «Shahri Xudro‘» 21 aprel kuni «Al-Hilol»ni Doxada qabul qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Eron va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi sisyosiy ziddiyat tufayli, bu mamlakat klublari 2016 yil yanvar oyidan beri bir-biri bilan neytral maydonlarda o‘ynashga majbur.

Teglar

O'xshash yangiliklar