O'zbek Ўзбекча
Bundesliga. «Leypsig» safarda «Shalke»ni tor-mor etdi
Yakshanba, 23 Fevral
2612

Germaniya Bundesligasi 23-turidan o‘rin olgan markaziy bahsda «Leypsig» mexmonda «Shalke» darvozasiga javobsiz 5ta to‘p kiritdi. «Buqalar»ning gollariga Zabitser, Verner, Halstenberg, Anxelino va Forsberg mualliflik qilishdi.

G‘alabadan so‘ng «Leypsig» ochkolarini 48taga yetkazib, peshqadam «Bavariya»dan 1 ochkoga ortda qolib 2-o‘rinda bormoqda. «Shalke» esa 36 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda.

Bundesliga, 23-tur

Shalke – Leypsig 0:5
22 fevral, «Feltins-Arena»
Gollar: Zabitser (1), Verner (61), Halstenberg (67), Anxelino (80), Forsberg (89).
Shalke: Nyubel, Nastasich, Kabak, Kenni, Ochipka, Harit, Serdar (Gregorich, 70), Matondo (Kutuju, 46), Maskarel, Raman, Makkenni (Shopf, 55). 
Leypsig: Gulachi, Mukiyele, Halstenberg (Nkunku, 68), Klostermann, Anxelino, Zabitser, Laymer (Aydara, 65), Nkunku, Yupamekano, Shik (Poulsen, 54), Verner (Forsberg, 75).
Ogohlantirishlar: Raman (3), Laymer (5), Harit (43), Verner (57), Yupamekano (78).

O'xshash yangiliklar