Ushbu haftada o‘tgan Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi pley-off bosqichlarida 5ta nemis jamoasi qatnashdi va barchasi g‘alaba qozondi.
Opta Sport'ning ma’lumotiga ko‘ra, 27 yil ichida ilk bor yevrokuboklarda bir hafta ichida 5ta nemis jamoasi g‘alaba qozondi. Bunday natija so‘nggi bor 1993 yili kuzatilgan edi.
Ma’lumot uchun, Chempionlar Ligasida «Borussiya» D («PSJ», 2:1), va «Leypsig» («Tottenhem», 1:0), Yevropa Ligasida esa «Ayntraxt» («Zalsburg», 5:1), «Bayer» («Portu», 2:1) hamda «Volfsburg» («Malmyo», 2:1) o‘z raqiblaridan ustun kelishdi.