O'zbek Ўзбекча
Shota Arveladze: «Raqib ikkinchi bo‘limda charchab qoldi»
Dushanba, 17 Fevral
4114

Toshkentning «Paxtakor» klubi Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 2-turida Eronning «Shahri Xudro‘» jamoasini qabul qildi va yirik hisobda g‘alaba qozondi (3:0). «Sherlar» safida Igor Sergeyev dublga erishgan bo‘lsa, yana bir gol Sherzod A’zamov hisobiga yozildi. 

O‘yindan keyingi matbuot anjumanida toshkentliklar bosh murabbiyi Shota Arveladze o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«G‘alaba bilan barchani tabriklayman. Kutilgan o‘yin bo‘ldi. Raqib pressingga asoslangan o‘yin ko‘rsatdi, ammo ular ikkinchi bo‘limda charchab qolishdi. Aslida 4ta gol urdik, Igorning 3-golida ofsayd bo‘lmagandi.

Qaysidir o‘yinchini ajratmagan bo‘lardim. Darvozabon qutqarishi, hujumchi gollar urishi kerak. Futbol – jamoaviy o‘yin. Xatolar ham jamoaniki hisoblanadi.

Statistika hech nimani anglatmaydi. Avval yutgan raqibingiz ustidan yana g‘alaba qozonishingiz kafolatlanmagan.

Bosim bo‘lishi tabiiy edi. Kurashlarga boy o‘yin bo‘ldi. Ko‘p sariq kartochka oldik. Xatolarimiz borligini bilamiz. Umid qilamanki, o‘yindan-o‘yinga yaxshiroq holatga kirib boramiz.

«Al-Hilol»  – kuchli jamoa. Lekin kuchli xohish evaziga har qanday raqib ustidan g‘alaba qozonish mumkin», – deb gruziyalik murabbiyning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.

Teglar

O'xshash yangiliklar