O'zbek Ўзбекча
Aziz G‘aniyev: «Jamoada meni yaxshi kutib olishdi»
Dushanba, 10 Fevral
1768

OCHL 1-turidan o‘rin olgan «Paxtakor» hamda «Shabob Al Ahli» jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng dubayliklar yarimhimoyachisi Aziz G‘aniyev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Meni jamoada yaxshi kutib olishdi, shu bois tez kirishib ketdim. Ha, bugun ilk marta xorij klubi safida maydonga tushdim, omadimiz kelmadi, umid qilaman, keyingi o‘yinlarda g‘alaba qozonamiz»,— dedi Aziz G‘aniyev «Sport» telekanali efirida.

Aziz G‘aniyev 3 fevral kuni Qarshining «Nasaf» klubidan BAA chempionatida yetakchilik qilayotgan «Shabob Al Ahli» jamoasiga o‘tgandi. «Paxtakor»ga qarshi o‘yinda G‘aniyev yangi jamoasi safida debyut qildi.

Teglar

O'xshash yangiliklar