O'zbek Ўзбекча
Eto’O: «Anji» ham «PSJ» yo‘lidan borib superklubga aylanadi, deb o‘ylagandim»
Dushanba, 03 Fevral
979

Kamerunlik taniqli sobiq futbolchi Samuel Eto’O «Izvestiya» nashriga bergan intervyusida Rossiyaning «Anji» klubida o‘tkazgan damlarini esladi.

Futbolchining aytishicha, u Dog‘iston klubiga o‘tayotganida klub xo‘jainlarida keyingi 10 yillik uchun ulkan reja va maqsadlar bo‘lgan.

«Anji» loyihasi egalarining rejalariga ko‘ra, klub kelajakda mahalliy futbolchilardan iborat bo‘lishi, ular kuchli legionerlar bilan yonma-yon to‘p surib ko‘p jihatlarni o‘zlashtirishlari lozim edi. Maqsadlar ham ulkan edi. Menga shunday tuyuldiki, «Anji» ham «PSJ» yo‘lidan borib, Chempionlar ligasi g‘olibligi uchun kurashadigan superklubga aylanadi, deb o‘ylagandim», - deydi Samuel.

«Suleyman Kerimovning klubni moliyalashtirmay qo‘yganidan qayg‘udaman. Har qanday qiyin vaziyatda ham «Anji» professional klub maqomini yo‘qotmasligi kerak. Dog‘istonlik muxlislar suyukli klublarini nochor ahvolda ko‘rishga munosib emaslar», - deya qayd etdi Eto’O.

Eslatib o‘tamiz, Samuel Eto’O Maxachqal’aning «Anji» klubida 2011-2013 yillar davomida to‘p surgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar