O'zbek Ўзбекча
Bekhem Grizmanni o‘z klubiga o‘tishga ko‘ndirmoqchi
Yakshanba, 02 Fevral
732

AQSHning «Inter Mayami» egasi Devid Bekhem «Barselona» hujumchisi Antuan Grizmanni o‘z jamoasi safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Mundo Deportivo L’Equipe’ga tayanib xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Bekhem Grizmanni o‘z klubiga o‘tishga ko‘ndirmoqchi. Fransiyalik 28 yoshli futbolchining MBAga qiziqishi, ta’tilni muntazam ravishda Mayamida o‘tkazishidan yaxshi xabardor bo‘lgan Devid «Barsa» forvardiga rad etib bo‘lmas taklif bilan chiqmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Grizmanning «Barsa» bilan shartnomasi 2024 yilgacha amal qilib, tovon puli 800 mln yevroni tashkil etadi.

Fransiyalik hujumchi joriy mavsumda La Liga doirasida 20 o‘yinda 7ta gol va 5ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Teglar

O'xshash yangiliklar