O'zbek Ўзбекча
Xonda faoliyatini Braziliyada davom ettirishi mumkin
Chorshanba, 29 Yanvar
2742

«Milan» va «SSKA» klublarining sobiq yarimhimoyachisi Keysuke Xonda faoliyatini Braziliyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda O Globo xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 33 yoshli yaponiyalik futbolchi yaqin kunlar ichida «Botafogo» klubi bilan shartnoma imzolash uchun Braziliyaga kelishi kutilyapti.

Ma’lumot o‘rnida, Xondaning oxirgi jamoasi Gollandiyaning «Vites» klubi hisoblanadi. U ushbu mavsumda jamoaga qo‘shilib, chempionatning birinchi qismidan keyin klubni tark etgandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar