«Rostov» hujumchisi Born Sigurdarson ijara asosida Isroilning APOEL klubiga yo‘l oldi.
Kelishuv joriy mavsum yakuniga qadar tuzilgan.
Joriy mavsumda ushbu 28 yoshli islandiyalik futbolchi RPLning 6 o‘yinida maydonga tushib, 2 golga mualliflik qilgandi.
Sigurdarson rostovliklar safiga 2018 yilning yanvarida kelib qo‘shilgan va jamoaning asosiy hujumchisi bo‘lgandi. Ammo joriy mavsumda u o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovga raqobatni boy berdi.
Bundan avvalroq «Rostov» Shomurdov bilan yangi 5 yillik shartnoma tuzgani xabar qilingan edi.