O'zbek Ўзбекча
Xitoydagi virus tufayli boks bo‘yicha Olimpiadaga saralash turniri bekor qilindi
Payshanba, 23 Yanvar
3493

Xitoyning Uxan shahrida bo‘lib o‘tishi lozim bo‘lgan yozgi olimpiadaga saralash musobaqasi bekor qilindi.

«3-14 fevral kunlari Xitoyning Uxan shahrida Osiyo-Okeaniya qit’alari uchun boks bo‘yicha Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi musobaqa o‘tishi belgilangan edi. Afsuski, ushbu hududda hayot uchun xavfli koronavirusning tarqalishi sabab litsenzion turnir bekor qilindi.

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi shafeligida o‘tadigan litsenzion musobaqa qachon va qayerga ko‘chirilishi borasida yangilik yaqin kunlar ichida e’lon qilinadi», deyilgan Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabarida.

Ayni paytda O‘zbekiston boks terma jamoasi Uishan shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda yangi virusdan zararlanganlar soni 570 kishidan oshdi, 17 kishi uning qurboniga aylangan.

Teglar

O'xshash yangiliklar