O'zbek Ўзбекча
O‘zbekiston milliy jamoasi sobiq futbolchisi Qozog‘iston klubini boshqaradi
Seshanba, 14 Yanvar
8728

O‘zbekiston milliy jamoasining sobiq futbolchisi Vladimir Maminov Qozog‘iston klubida ish boshladi. Bu haqda sports.ru xabar bermoqda.

Manbaning yozishicha, Moskvaning «Lokomotiv» klubi sobiq futbolchisi va murabbiyi Qozog‘istonning «Aktobe» klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Ushbu klub 2019 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, Qozog‘iston Premer-ligasini tark etib, yangi mavsumda quyi ligada o‘ynadi. 45 yoshli rossiyalik mutaxassis oldiga jamoani yana Premer-ligaga qaytarish vazifasi qo‘yilgan. Shartnoma shartlari ma’lum qilinmayapti.

Ma’lumot uchun, 2001-2005 yillar davomida milliy jamoamiz sharafini himoya qilgan Vladimir Maminovning so‘nggi ish joyi Rossiyaning «Tyumen» klubi bo‘lgandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar