O'zbek Ўзбекча
«As-Sadd» Xavi borasida bayonot berdi
Shanba, 11 Yanvar
8587

Kuni kecha Xavi tez orada «Barselona»ni boshqarishi haqida xabarlar tarqalgach, Qatarning «As-Sadd» klubi bosh direktori Turki Ali klub rasmiy saytida jamoa bosh murabbiyi Xavining kelajagiga bog‘liq bayonot bilan chiqish qildi. 

«Xavi va uning yordamchilari bor e’tiborlarini «Al-Rayyan» bilan o‘tadigan o‘yinga qaratishgan. Ishonamizki, «Barselona» singari katta klub Xavi nomzodiga qiziqayotgan bo‘lsa, bunday masalani professionallarcha rasmiy maqomda muhokama qiladi. 

Xavining «Barselona»ga yo‘l olishi kutiladigan masala. Zero, bu klub uning uyi sanaladi. U kelajakda Kataloniyaga qaytadi, ammo ayni damda «As-Sadd»ning bosh murabbiyidir», - deya bosh direktorning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Qatar klubi rasmiy sayti.

Ma’lumot uchun, Xavi 2019 yilning may oyida «As-Sadd» bosh murabbiyiga aylanib, murabbiylik faoliyatini boshlagandi. 

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya Superkubogi yarim finali doirasidagi «Barselona» - «Atletiko» (2:3) uchrashuvidan keyin kataloniyaliklar rahbariyati Xavi bilan uchrashib, unga 2 yillik shartnoma taklif qilishgani borasida xabarlar tarqalgandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar