O'zbek Ўзбекча
Bugun Qatarda klublararo jahon chempionati start oladi
Chorshanba, 11 Dekabr
6285

11 dekabr kuni Qatarda klublararo jahon chempionati o‘yinlari boshlanadi.

Musobaqada «Liverpul» (Angliya, UEFA), «Flamengo» (Braziliya, KONMEBOL), «Esperans» (Tunis, KAF), «Monterrey» (Meksika, KONKAKAF), «Al-Hilol» (Saudiya Arabistoni, OFK), «Iengen Sport» (Yangi Kaledoniya, Okeaniya FK) va «As-Sadd» (Qatar) ishtirok etadi. 

«Liverpul» va «Flamengo» klublari turnirga yarimfinal bosqichidan boshlab qo‘shiladi. Chempionat 21 dekabrgacha davom etadi. 

Eslatib o‘tamiz, musobaqaning amaldagi g‘olibi «Real» hisoblanadi.

Klublararo jahon chempionati – 2019 
Birinchi bosqich

11 dekabr
1. «As-Sadd» (Qatar) - «Iengen Sport» (Yangi Kaledoniya)

Ikkinchi bosqich
14 dekabr
2. «Al-Hilol» (Saudiya Arabistoni) - «Esperans» (Tunis)
3. «Monterrey» (Meksika) – 1-o‘yin g‘olibi

5-o‘rin uchun o‘yin
17 dekabr
2-o‘yin mag‘lubi – 3-o‘yin mag‘lubi

1/2 final
17 dekabr
5. «Flamengo» (Braziliya) - 2-o‘yin g‘olibi
18 dekabr
6. «Liverpul» (Angliya) - 3-o‘yin g‘olibi

Final va 3-o‘rin uchun bahs 21 dekabr kuni o‘tkaziladi.

Teglar

O'xshash yangiliklar