O'zbek Ўзбекча
OCHL-2020ga qur’a tashlandi: «Paxtakor» amaldagi chempion bilan bir guruhda
Seshanba, 10 Dekabr
21251

Bugun, 10 dekabr kuni Kuala-Lumpurdagi OFK shtab-kvartirasida Osiyo chempionlar ligasi 2020 yilgi mavsum guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

 Kelasi mavsumda ham OCHL turnirida mamlakatimizning uchta jamoasi ishtirok etadi. O‘zbekiston chempioni «Paxtakor» musobaqani guruh bosqichidan boshlasa, Superliga sovrindorlari «Lokomotiv» va «Bunyodkor» pley-off saralash bosqichidan boshlaydi.

 Qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston chempioni «Paxtakor» «B» guruhida OCHL-2019 g‘olibi Saudiya Arabistonining «Al-Hilol», BAAning «Shabab Al-Ahli Dubay» hamda 3-pley-off g‘olibi bilan birga o‘rin oldi.

 Toshkentning «Lokomotiv» klubi esa saralashdan muvaffaqiyatli o‘ta olsa, «A» guruhidan joy oladi. Unga BAAning «Al-Vahda», Iroqning «Al-Shorta» va saralash bosqichining 4-g‘olibi raqiblik qilishi mumkin.

 «Bunyodkor» esa pley-off bosqichlaridan o‘ta olsa, «D» guruhidan o‘rin oladi. Vadim Abramov shogirdlariga Eronning «Sepaxon», Qatarning «As-Sadd», Saudiya Arabistonining «Al-Nassr» klublari raqib bo‘ladi.

 OCHL guruh bosqichi 1-tur o‘yinlari 10 fevral kuni start oladi. «Paxtakor» dastlabki o‘yinni Toshkentda «Shabab Al-Ahli»ga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.

 OCHL-2020. Guruhlar bilan tanishing:

 

O'xshash yangiliklar