O'zbek Ўзбекча
GFC-20 turniri. Nursulton Ro‘ziboyev ukrainalik raqibini muddatidan avval mag‘lub etdi
Yakshanba, 24 Noyabr
2453

O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilayotgan aralash jang san’atlari (MMA) bo‘yicha turnirda o‘zbekistonlik Nursulton Ro‘ziboyev ukrainalik raqibi Artyom Shokaloga qarshi oktagonga chiqdi.

«Humo Arena»da o‘tkazilgan jang muddatidan oldin yakunlandi. 26 yoshli o‘zbek sportchisi 3-raundda raqibini texnik nokaut evaziga mag‘lub etishga erishdi.

Shu tariqa Nursulton MMA'dagi g‘alabalari sonini 23taga yetkazib oldi.

O'xshash yangiliklar