O'zbek Ўзбекча
Maradonaning iste’fosi bekor qilindi
Juma, 22 Noyabr
4596

Argentina milliy jamoasining afsonaviy futbolchisi Diyego Maradona «Ximnasiya» klubini boshqarishda davom etadi, deb yozadi Ole.

Manbaning xabariga ko‘ra, murabbiy va klub rahbariyati o‘rtasidagi kelishmovchiliklar barham topgan.

Avvalroq Maradona iste’foga chiqarilgani va jamoaning so‘nggi mashg‘ulotida yig‘lab yuborgani haqida aytilgandi.

Maradona «Ximnasiya»ni shu yil sentyabr oyidan beri boshqaradi va klub bilan mavsum so‘nggiga qadar shartnoma imzolagan. Jamoa Argentina chempionatida 13-turdan so‘ng 10 ochko bilan 22-o‘rinni egallab turibdi.

Teglar

O'xshash yangiliklar