O'zbek Ўзбекча
So‘nggi 13 yil ichida dribling ishlatish borasida yetakchilar aniqlandi
Dushanba, 18 Noyabr
11653

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Yevropaning top-5 ligalarida eng ko‘p dribling ishlatgan futbolchi bo‘lib turibdi, deb yozadi Squawka.

Manbaning xabariga ko‘ra, 2006/2007 yilgi mavsumdan boshlab dribling statistikasi hisoblangan. So‘nggi 13 yil ichida Messi bu ko‘rsatkich bo‘yicha eng yaxshisi bo‘lib turibdi. Argentinalik hujumchi 1880 marta dribling ishlatgan, shulardan 57,2 foizi muvaffaqiyatli bajarilgan. Bu ko‘ratkich bo‘yicha ikkinchi o‘rinni «Real» yarimhimoyachisi Eden Azar egallab turibdi, u 1220 marta dribling ishlatgan, shularning 57,1 foizi omadli bo‘lgan. Driblingchilar uchligini «Fiorentina» yarimhimoyachisi Frank Riberi yakunlab berdi.

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu bu ro‘yxatda beshinchi o‘rinni egallagan. Portugaliyalik futbolchi hisobida 816ta dribling mavjud, shularning 44 foizi muvaffaqiyatli amalga oshirilgan.

Yevropaning top-5 ligalaridagi eng yaxshi driblingchilar:
1. Lionel Messi («Barselona») – 1880 dribling, 57,2% muvaffaqiyatli
2. Eden Azar («Real») – 1220, 57,1% 
3. Frank Riberi («Fiorentina») – 939, 47,9% 
4. Serxio Aguero («Manchester Siti») – 832, 46,6% 
5. Krishtianu Ronaldu («Yuventus») – 816, 44% 
6. Xoakin («Betis») – 798, 50,9% 
7. Hotam Ben-Arfa (bez kluba) – 770, 50,6% 
8. Andres Inesta («Vissel Kobe») – 739, 60,9% 
9. Roberto Firmino («Liverpul») – 736, 56,8% 
10. Neymar («Pari Sen-Jermen») – 734, 50,2%.

Teglar

O'xshash yangiliklar