O'zbek Ўзбекча
Yaqin Sharqning qaynoq derbisi Iroq — Eron o‘yinidan fotogalereya
Juma, 15 Noyabr
2181

JCH-2022 saralashining Osiyo bosqichida qiziqarli o‘yinlar o‘tkazildi. «D» guruhida Iroq va Eron milliy jamoalari to‘qnash kelishdi. Bu o‘yin Osiyodagi saralash o‘yinlari orasida markaziysi bo‘ldi.

Yaqin Sharq debisi nomini olgan bu super o‘yin doim muxlislar diqqat markazida bo‘lgan. Karlush Keyrush ketganidan so‘ng o‘yinida pasayish kuzatilayotgan Eron Iordaniyadagi neytral stadionda o‘tgan bu o‘yinda imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Iroqliklar yulduzi Muhannad Ali va A’lo Abbosning gollariga eronlik Ahmad Nurillohiy bitta gol bilan javob berishni uddaladi.

Bu g‘alabadan so‘ng Iroq guruh yetakchisiga aylandi, Eron esa 3-o‘ringa tushdi. Iroqning g‘alabasi butun mamlakatda bayram boshlanishiga sabab bo‘ldi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘yinlarning bu darajada prinsipiallik kasb etishiga ularning uzoq yil o‘zaro urush qilgani ham sabab bo‘lgan. Shu bois bir tomonning g‘alabasi doim bayramga aylanib ketadi, ayniqsa o‘zini mazlum deb hisoblaydigan iroqliklar uchun...

Quyida Getty Images Iroq — Eron o‘yinidan tayyorlagan fotogalereyani e’tiboringizga havola qilamiz.

O'xshash yangiliklar