Braziliyalik futbol afsonasi Pele «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu uning rekordini yangilashiga umid qilmoqda.
«Umid qilamanki, u sog‘lik va kuchga ega bo‘lib, men to‘xtagan 1238ta golga erisha oladi. Kutib turing va ko‘ring», – deb Pelening so‘zlarini keltiradi O'Jogo.
Hozirda Ronaldu klublar va milliy jamoa tarkibida 705ta gol urgan. U Pelening rekordiga yetishi uchun yana 533ta gol urishi kerak.