O'zbek Ўзбекча
Toshkent shahar IIBB O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni uchrashuviga kelishni rejalashtirgan futbol muxlislariga murojaat bilan chiqdi 
Payshanba, 14 Noyabr
7393

Toshkent shahar IIBB Jahon chempionati-2022 saralash bosqichining navbatdagi o‘yini – O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni terma jamoalari uchrashuvi arafasida futbol muxlislariga murojaat bilan chiqdi.

“Stadionga kelishni rejalashtirayotgan futbol muxlislaridan avtomobillarni “Paxtakor” stadioni atrofidagi yo‘llar chetida emas (Islom Karimov, Olmazor va Navoiy ko‘chalari), balki “Humo Arena” muz kompleksining avtoturargohida qoldirishlarini so‘raymiz”, deyiladi murojaatda.

Shuningdek, IIBB sport tadbiriga ilgariroq kelib, futbol muxlislari uchun maxsus ajratilgan avtoturargohdan mashina uchun joy egallab olishni hamda taksi yoki jamoat transporti xizmatlaridan foydalanishni tavsiya etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni terma jamoalari uchrashuvi bugun, 14 noyabr kuni soat 17:00 da «Paxtakor» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar