O'zbek Ўзбекча
«Los-Anjeles Gelaksi» Ibrahimovich bilan shartnomani uzaytirmoqchi
Seshanba, 12 Noyabr
1699

«Los-Anjeles Gelaksi» klubi hujumchisi Zlatan Ibrahimovich klubda qolishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko‘ra, «Gelaksi» klubi rahbarlari 38 yoshli shved bilan shartnomani yana bir yilga uzaytirish ustida ishlashmoqda. 

Zlatan 1 oy ichida o‘zining kelajagi to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Avvalroq u «Milan»ga qaytishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ibrahimovich yakunlangan mavsumda 31ta o‘yinda 31ta gol urdi va 8ta golga hammualliflik qildi.

Teglar

O'xshash yangiliklar