O'zbek Ўзбекча
Libertadores Kubogi. «Flamengo» «Gremio»ni tor-mor etib, finalga yo‘l oldi
Payshanba, 24 Oktabr
2351

Janubiy Amerikaning eng nufuzli musobaqasi sanalgan Libertadores Kubogida ikkinchi finalchi ham ma’lum bo‘ldi. Braziliyaning ikki klubi o‘rtasida kechgan bahsda «Flamengo» «Gremio»ni yirik hisobda taslim etdi (5:0). Jamoalarning dastlabki o‘yinida kuchlar teng kelgandi (1:1).

Eslatib o‘tamiz, dastlabki finalchi «River Pleyt» hisoblanadi. «River» yarimfinalda hamashahari «Boka Xuniors» ustidan ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 2:1 hisobida ustun kelgan.

«River Pleyt» – «Flamengo» jamoalari o‘rtasidagi final bahsi 23 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Libertadores Kubogi, yarimfinal
Flamengo – Gremio 5:0 

(Birinchi o‘yin: 1:1)
24 oktyabr, «Marakana»
Gollar: Bruno Enrike (42), Gabriel Barboza (46, 56 penalti), Mari (67), Rodrigo Kayo (71).
Flamengo: Diyego Alves, Rafinya, Rodrigo Kayo, Mari, Filipe Luis, Everton Ribeyro, de Arraskaeta (Piris, 68), Jerson (Diyego, 87), Arau, Gabriel Barboza, Bruno Enrike (Vitino, 74).
Gremio: Paulo Viktor, Paulo Miranda, Kannemann, Kortes, Jeromel, Maykon (Tardelli, 63), Mishel, Mateus Enrike, Alisson (Tasiano, 76), Andre (Pepe, 58), Everton.
Ogohlantirishlar: Kannemann (6), Kayo (14), Everton (31).

Teglar

O'xshash yangiliklar