O'zbek Ўзбекча
FIFA agentlarga to‘lovlar va futbolchilar ijarasi bilan bog‘liq yangi qoidalarni qabul qildi
Payshanba, 24 Oktabr
2370

FIFA kengashi agentlarga to‘lovlar va futbolchilar ijarasi bilan bog‘liq yangi qoidalarni tasdiqladi.

Yangi tartibga ko‘ra, agentlarga to‘lanadigan mukofot puli futbolchi transfer qiymatining 10 foizidan ko‘p bo‘lmasligi yoki futbolchiga to‘lanadigan mukofot pulining 3 foizidan oshmasligi lozim. Bunda bir necha dallollar xizmatidan foydalanish taqiqlandi.

Shuningdek, 2020/21 mavsumidan boshlab ko‘pi bilan 8 nafar futbolchini ijaraga berish yoki olish mumkin. 2022/23 mavsumidan boshlab esa faqat 6 nafar futbolchini. Bundan tashqari, ikkita klub o‘rtasida ko‘pi bilan 3 futbolchini ijaraga berish cheklovi joriy qilindi.

Teglar

O'xshash yangiliklar