O'zbek Ўзбекча
Janubiy Koreya KXDR ustidan shikoyat yo‘lladi
Juma, 18 Oktabr
8661

Janubiy Koreya Futbol Assotsiatsiyasi KXDR ustidan Osiyo Futbol Konfederatsiyasiga shikoyat yo‘lladi.

Seul JCH-2022 saralashidan o‘rin olgan va ikki milliy jamoa o‘rtasida Pxenyanda o‘tkazilgan bahs FIFA talablariga zid tarzda yaxshi tashkil etilmagani, unga mehmon jamoa muxlislari va jurnalistlari kiritilmaganidan shikoyat qildi.

Eslatib o‘tamiz, KXDR hukumati faqat Janubiy Koreya milliy jamoasi futbolchilari va murabbiylari shtabiga mamlakat hududiga kirishga ruxsat bergan edi. Hatto mahalliy muxlislar ham stadionga kiritilmagandi.

0:0 hisobida yakunlangan bahsni FIFA prezidenti Janni Infantino bevosita stadionda tomosha qilgandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar