O'zbek Ўзбекча
OKMK futzal bo‘yicha klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionati chorakfinaliga chiqdi
Yakshanba, 11 Avgust
2819

Tailandda futzal bo‘yicha klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda. Unda qit’amizning eng kuchli 16ta klubi ishtirok etyapti.

Bangkok shahri mezbonlik qiluvchi musobaqada yurtimiz sharafini Olmaliqning OKMK klubi himoya qilyapti. Hamyurtlarimiz B guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, «Tay Son Nam» (Vetnam), «Naft al-Vasat» (Iroq) va «Ar-Rayyan» (Qatar) klublariga qarshi bahs olib borishdi. 

OKMK dastlabki turda Vetnamning «Tay Son Nam» klubiga qarshi o‘ynadi va 1:4 hisobida yutqazgan edi. 2-turda olmaliqliklar Iroqning «Naft al-Vasat» klubini 5:3 hisobida mag‘lub etishdi. So‘nggi turda esa Qatarning «Ar-Rayyan» klubini 7:5 hisobida mag‘lub etishdi.

Bu natija olmaliqliklarga 6 ochko jamg‘arib, «Tay Son Nam» klubidan keyin guruhda ikkinchi o‘rinni egallash imkoniyatini berdi.

Endi OKMK chorakfinalda Tailandning «Port FK» klubi bilan bellashadi.

Futzal bo‘yicha klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionati
V guruhi 

7 avgust
«Tay Son Nam» (Vetnam) – OKMK (O‘zbekiston) 4:1
Gollar: Tri (11), Tran Tay (29, 33) Shimizu (21) — Akbar Usmonov (5)

9 avgust
OKMK (O‘zbekiston) – «Naft al-Vasat» (Iroq) 5:3

11 avgust
«Ar-Rayyan» (Qatar) – OKMK (O‘zbekiston) 5:7

Chorakfinal
14 avgust
«Port FK» (Tailand) – OKMK (O‘zbekiston)

Teglar

O'xshash yangiliklar