Ispaniyalik mashhur yarimhimoyachi Xavi Qatarning «As-Sadd» klubi bosh murabbiyi sifatida debyut qildi.
«As-Sadd» Ispaniya to‘rtinchi divizioni vakili «Palamos» bilan o‘rtoqlik o‘yinida 1:1 hisobidagi durangni qayd qildi.
39 yoshli Xavi 2019 yilning may oyida murabbiylikka qadam qo‘ygan edi. U futbolchilik faoliyatining asosiy qismini «Barselona»da o‘tkazdi. Keyinchalik ko‘p yillar davomida «As-Sadd» klubi sharafini himoya qildi.