Argentina milliy jamoasi Amerika Kubogi yarimfinalida Braziliyaga 0:2 hisobida yutqazdi.
Shunday bo‘lsa-da, «albiseleste» bosh murabbiyi Lionel Skaloni o‘z lavozimida qoladi. 41 yoshli mutaxassisning shartnomasi yana 6 oy amal qiladi.
Skaloni o‘yindan keyin o‘z kelajagini muhokama qilishni istamadi.
«Bu savolga javob berishning mavridi emas deb hisoblayman, bu narsa meni xavotirga solayotgani yo‘q. Hozir fikru-hayolim jamoada», - deb Skaloni so‘zlarini keltirmoqda TNT Sports.
Argentina milliy jamoasi Amerika Kubogining 3-o‘rin uchun bahsida Chili – Peru o‘yinida mag‘lub bo‘lgan jamoa bilan o‘ynaydi.