Marca nashri «Real» himoyachisi Marseloning Esporte Espetacular`ga bergan intervyusidan ayrim iqtiboslarni keltirib o‘tdi.
«Men uchun Zidan – katta akamdek bo‘lib qolgan. U meni asosiy tarkibga qaytargani uchun emas, balki o‘zi bilan o‘ynash zavqini olib kelgani uchun shunday deb hisoblayman.
Braziliya milliy jamoasidagi o‘rnimni qaytarish uchun qattiqroq mehnat qilishdan boshqa choram yo‘q. Bu – men oldimga qo‘ygan maqsadlardan biri.
Krishtianu Ronaldu bilan faqat futbol haqidagina gaplashmaymiz. Odatda farzandlarimiz haqida suhbatlashamiz, ular ham futbol bilan shug‘ullanishyapti», – deydi Marselo.
Eslatib o‘tamiz, 31 yoshli himoyachi Kopa Amerikada qatnashayotgan Braziliya milliy jamoasiga chaqirilmagan.