O'zbek Ўзбекча
Xavi «Real»ni sehrgarlikda gumonladi
Payshanba, 31 May
13211

«Barselona»ning sobiq yarimhimoyachisi Xavi «Real» klubining Chempionlar Ligasidagi navbatdagi g‘alabasiga izoh berdi.

«Real»da g‘olibliklik ruhiyati bor, «Barselona» esa hali uyg‘onmadi. Bir necha yillardan buyon jamoa yaxshi transferlarni amalga oshirmayapti, bu esa zarar keltirmoqda.

Chempionlar Ligasida «Real» uchun barcha narsa omadli keldi: raqib futbolchilaridan Neymar, Robben, Boateng jarohatlari, hakamlarning qarorlari, darvozabonlar Ulrayx va Kariusning xatolari. Finalda esa «Liverpul»ning eng muhim futbolchisi jarohat oldi. Bu qandaydir sehrga o‘xshab ketyapti...

Muammo shundaki, «Barselona» uyquga ketgan. U sovrinlarni yutib olyapti, ammo Chempionlar Ligasida boshqalar g‘alaba qozonmoqda» - dedi Xavi.

Teglar

O'xshash yangiliklar