O'zbek Ўзбекча
«Neymarning bu qilig‘i buyuk futbolchini pastkashga aylantiradi» - Xavi
Juma, 02 Fevral
15158

«Barselona» sobiq yarimhimoyachisi Xavi «PSJ» hujumchisi Neymarning Fransiya Ligasi kubogi bahsidagi hatti-harakatlaridan afsusda ekanini aytdi.

Ma’lumki, «Renn» klubiga qarshi yarimfinal o‘yinida, Neymar himoyachi Amari Traorega nisbatan buzgan qoidasi tufayli sariq karta olgan, so‘ngra uni o‘rnidan turishga ko‘maklashish uchun qo‘lini uzatgandi. Biroq, so‘nggi lahzada qo‘lini tortib olib, tabassum bilan raqibi yonidan ketib qolgandi.

«Neymarning bu qilig‘idan afsusdaman. Umid qilamanki, vaqt o‘tishi bilan u raqibni hurmat qilishni o‘rganib oladi. Biz unga «Barselona»da shu narsani o‘rgatolmadik. Balki uning ketishi hamma uchun foydali bo‘lgandir. Bunday xatti-harakatlar buyuk futbolchilarni pastkashga aylantiradi», — deb Xavi so‘zlarini keltirmoqda Al-Arabia.

Teglar

O'xshash yangiliklar